Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi — Bloomberg

Ukraina Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi — Bloomberg

Foto: Wall Street Journal

Ukraina Rossiya bilan kelgusidagi muzokaralar uchun Zelenskiyning tinchlik rejasini 10 banddan 3 taga qisqartirdi, deya xabar berdi Bloomberg.

Nashr yozishicha, Shveysariya sammiti keyinchalik rossiyalik amaldorlarni muzokaralarga jalb etish imkonini beruvchi qadamlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan.

Ukraina sammit muhokamasi uchun 3 masalani o‘rtaga tashlaydi:

  • Yadroviy ob’yektlarning xavfsizligi va yadroviy qurolni qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik. Zaporoje atom elektr stansiyasi Ukraina nazoratiga o‘tishi va MAGATE tamoyillari asosida ishlashi shart;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi «qurol» bo‘lmasligi kerak. Qora va Azov dengizlarida kemalarning erkin qatnovi kafolatlanishi lozim. Ukraina o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uchinchi tomonlarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak;
  • Barcha asirlar, jumladan, deportatsiya qilingan va qonunga zid tarzda ko‘chirib ketilgan ukrain bolalari va fuqarolarining ozod qilinishi shart.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring