Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada yangi mudofaa vaziri tasdiqlandi

Ukrainada yangi mudofaa vaziri tasdiqlandi

Ukraina parlamenti Mudofaa vazirligining yangi rahbari uchun ovoz berdi

Ukraina Oliy Radasi Denis Shmigalni Ukrainaning yangi mudofaa vaziri etib tayinlash uchun ovoz berdi. Uning nomzodi uchun 267 deputat ovoz berdi, deb xabar beradi “RBK-Ukraina”. 

Bir kun avval parlament Shmigalning bosh vazirlikdan iste’foga chiqish arizasini qabul qilgandi. 

Oliy Rada payshanba kuni Yuliya Sviridenkoni hukumatning yangi rahbari etib tayinladi. 

Shmigaldan avval mudofaa vazirligini boshqargan Rustem Umerov qaysi lavozimni egallashi hozircha ma’lum qilinmagan. 

Bundan tashqari, Rada Andriy Sibiganing tashqi ishlar vaziri lavozimiga qayta tayinlanishini ma’qulladi. Shu tariqa yangi hukumat uchun ovoz berish yakunlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring