Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukrainada yaralangan NTV xodimlaridan biri vafot etdi

Ukrainada yaralangan NTV xodimlaridan biri vafot etdi

Payshanba kuni Gorlovkada og‘ir yaralangan NTV telekanali xodimlaridan biri halok bo‘ldi.

RIA xabariga ko‘ra, operator  Valeriy Kojin kasalxonada vafot etgan.

Avvalroq Kojin va muxbir Aleksey Ivliyev komada ekani xabar qilingandi. Ular Rossiya tomonidan bosib olingan hududda, Gorlovka shahri tarkibiga kiruvchi Golmovskiy qishlog‘ida yaralangan.

«Bugun Gorlovkada yaralangan operatorimiz Valeriy Kojin vafot etdi. Shifokorlar uning  hayotini saqlab qolish uchun bir necha soat harakat qilishdi, biroq Valeraning jarohatlari og‘ir bo‘lib chiqdi», — deyiladi NTV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring