Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Umra safariga bormoqchi bo‘lganlar uchun xushxabar e’lon qilindi

Umra safariga bormoqchi bo‘lganlar uchun xushxabar e’lon qilindi

22, 25 va 28 yanvar kunlari Toshkent shahridan Saudiya Arabistonidagi Jidda shahriga o‘zbekistonlik ziyoratchilarni umra ibodatlarini ado etish uchun reyslar amalga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

22-yanvar kuni 1-reys parvozi Saudiya Arabistoniga muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Umra safari uchun reyslar ko‘paytiriladi. Muftiy Nuriddin domla Xoliqnazarov va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Muzaffar Komilov tomonidan «O‘zbekiston 24» telekanaliga berilgan intervyuda umra ziyorati uchun 2022 yil 1 fevraldan Saudiya Arabistoniga har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2 ta reys va Ramazon oyi davomida har kuni 3 tadan reys amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring