Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Vahimaga o‘rin yo‘q» — vaziyat shaxsan Prezident nazorati ostida ekani ma’lum qilindi

«Vahimaga o‘rin yo‘q» — vaziyat shaxsan Prezident nazorati ostida ekani ma’lum qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yurtimiz va qo‘shni mamlakatlarning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Dastlabki o‘rganishlar bu holat umummintaqaviy energiya tizimi doirasida yuzaga kelgan nosozliklar oqibatida kelib chiqqanini ko‘rsatmoqda.

Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, vaziyat shaxsan Prezident nazorati ostida. O‘zbekiston energiya tizimini barqarorlashtirish hamda elektr ta’minoti va boshqa tarmoqlar ishini tiklash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida deyarli har daqiqa davlatimiz rahbariga axborot berib borilmoqda.

«Shunday ekan, barchangizni xotirjamlikni saqlash va sarosimaga tushmaslikka chaqirib qolamiz. Vahimaga o‘rin yo‘q», deyiladi xabarda.

Avvalroq Prezident topshirig‘i bilan Bosh vazir huzurida hukumat komissiyasi tuzilgani xabar qilingandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring