Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Valyutafurushlar qo‘lga tushdi

Valyutafurushlar qo‘lga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Z.S., N.Yu. va A.T.lar noqonuniy ravishda valyuta qimmatliklarini o‘tkazish orqali daromad orttirishni ko‘zlab fuqaroga 9 000 AQSh dollarini 95,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring