Valyutafurushlarga qarshi tekshiruvlar kuchaytirilmoqda

Valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kegeyli tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.J. va J.S. fuqaro K.B.dan jami 4 000 AQSh dollarini 49 mln so‘mga sotib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.G‘. jami 3 100 AQSh dollarini fuqaro A.A.ga 39,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter