Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Welt: Germaniya Ukrainaga RCH-155 o‘ziyurar gaubitsalarini yuboradi

Welt: Germaniya Ukrainaga RCH-155 o‘ziyurar gaubitsalarini yuboradi

Germaniyaning Weltgazetasining yozishicha, bir necha haftalik ikkilanishlardan so‘ng Germaniya hukumati Ukrainaga qiymati 216 million yevro bo‘lgan 18 ta RCH-155 o‘ziyurar artilleriya moslamasini yuborishga rozi bo‘lgan.

Welt gazetasi qo‘lga kiritgan hujjatlardan ma’lum bo‘lishicha, Kiyev gaubitsalarni 14-iyuldayoq yetkazib berishni so‘ragan. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikovning nemis hamkasbi Kristin Lambrextga yo‘llagan maktubida aytilgan.

Biroq, qurol ishlab chiqaruvchi KMV o‘z mahsulotlarini Ukrainaga 30 oydan kechiktirmay yetkazib bera olishi mumkin.

RCH-155 – bu Boxer zirhli transportyorining shassisiga o‘ziyurar artilleriya moslamasi. U 54 km gacha bo‘lgan masofa va daqiqada 9 o‘q otadigan L52 to‘pi bilan jihozlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring