Xitoyda yong‘in tufayli 18 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 24-aprel kuni Xitoy janubidagi Sinyuan shahridagi karaoke barda sodir bo‘lgan yong‘in tufayli 18 kishi halok bo‘ldi. Besh kishi jarohat olgan. Bu haqda mahalliy politsiya ma’lumotlariga asoslanib, «RIA Novosti» ma’lum qildi.
Hodisa joyiga yong‘inga qarshi kurashish xodimlari, shifokorlar va politsiya kelib, olovni bartaraf etganiga qaramay, 18 kishi qurbon bo‘lgan.
Yong‘in sababi hozircha noaniq, ammo uyushtirilgan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Tergov jarayoni davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter