Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xokkeychining o‘limi qoidalarni o‘zgartirishga majbur qildi

Xokkeychining o‘limi qoidalarni o‘zgartirishga majbur qildi

Xalqaro xokkey federatsiyasi o‘zning barcha musobaqalari, jumladan, Olimpiya o‘yinlari, erkaklar va ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida qatnashadigan xokkeychilar uchun qo‘shimcha himoya vositasi joriy qildi.

Bu qaror oktyabr oyida Angliyaning «Nottingem Panters»ning 29 yoshli vakili Adam Jonsonning bo‘yniga konki bilan yetkazilgan jarohat oqibatida vafot etganidan so‘ng qabul qilindi, deb xabar bermoqda Sky News.

Bayonotda aytilishicha, tibbiyot qo‘mitasi tavsiyasiga ko‘ra, barcha darajadagi musobaqalarda bo‘yin jarohatidan himoya vositalaridan foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

«Qoida rasman kuchga kirgunga qadar, Xalqaro xokkey federatsiyasi musobaqada qatnashayotgan barcha o‘yinchilarga bo‘yin jarohatidan himoyalanishni qat’iy tavsiya etishda davom etadi», — deyiladi bayonotda.

Jonsonning o‘limidan so‘ng, Angliya xokkey assotsiatsiyasi 2024 yil boshidan bo‘yinni himoya qilish vositasida qatnashish majburiy bo‘lishini aytdi.

Kanada xokkey ligasidagi ligalar ham bu qoidani majburiy qilib qo‘ydi.

Angliyaning «Nottingem Panters» klubi xokkeychisi Adam Jonson 28 oktyabr kuni sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida vafot etdi. Britaniya kubogi doirasidagi «Sheffild Stilers»ga qarshi bahsda tasodifan uning bo‘yniga konki tig‘i bilan qattiq jarohat yetkazilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring