Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazm viloyatiga hokim tayinlandi

Xorazm viloyatiga hokim tayinlandi

Foto: «Gazeta.uz»

Beruniy tumani hokimi Farxod Ermanov Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar berdi.

Ma’lumot uchun, Farxod Ermanov 1958-yilda tavallud topgan. U 1995-1998-yillarda Amudaryo tumani hokimi, 2004-2010-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri, 2010-yildan buyon Beruniy tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, bu paytgacha viloyat hokimligi vazifasini Ilgizar Sobirov bajarib kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring