Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda paxta zavodidagi g‘aramlar yonib ketdi: FVB bayonoti

Xorazmda paxta zavodidagi g‘aramlar yonib ketdi: FVB bayonoti

30-mart kuni Xiva tumanida joylashgan paxta qabul qilish va paxtani qayta ishlash zavodi hududidagi 11 ta paxta g‘aramining ustki qismida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan joyga 14 ta yong‘in-qatqaruv ekipaji, 12 ta yordamchi suv tashish avtomashinalari jalb qilingan.

Yong‘in 18:03 da o‘rab olinib, 19:20 da o‘chirilgan.

Voqea joyiga viloyat hokimining o‘rinbosari, viloyat FVB boshlig‘i va mas’ul xodimlar chiqqan.

Yong‘in natijasida 11 ta paxta g‘aramining yuza qismida taxminan 2500 kg paxta yongan va yong‘indan 2 ta paxta g‘arami saqlab qolingan.

Voqea joyida viloyat Hokimining o‘rinbosari boshchiligida Yong‘in o‘chirish shtabi tashkil etilgan.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring