Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotirjam «Liverpul», jardagi «Atletiko», Benzemasiz «Real»: YChLning bugungi o‘yinlari (prevyu)

Xotirjam «Liverpul», jardagi «Atletiko», Benzemasiz «Real»: YChLning bugungi o‘yinlari (prevyu)

Bugun oqshom katta futbol kechasi bo‘lib o‘tadi. Chempionlar ligasi 2021-2022 yil mavsumining guruh bosqichi so‘nggi turi qiziq o‘tishi kutilmoqda. Bugun A, V, C, D guruhlarida 6-tur o‘yinlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

A guruhi

A guruhidagi ikkinchi o‘rin allaqachon «Parij Sen-Jermen» uchun o‘yin natijasi muhim bo‘lmasa ham, «Bryugge» uchun bu bahs ahamiyatli. Belgiyaliklar esa to‘liq e’tiborini qaratishi kerak, chunki «Leypsig» «Manchester Siti»ni o‘z uyida mag‘lub etsa va ular Parijda yengilsalar, Yevropa ligasidan ham judo bo‘lishadi. «PSJ» joriy mavsumda barcha musobaqalarda o‘nta uy o‘yinida mag‘lub bo‘lmagan. Shundan to‘qqiztasida g‘alaba qozongan. Bugun belgiyaliklarga oson bo‘lmasligi aniq. Gvardiola shogirdlari Germaniyaga safar qilishadi. Bugun «Leypsig» jon-jahdi bilan o‘ynashi tayin. Garchi o‘tgan turda «Bryugge»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, ochkolar teng. Mag‘lubiyat jamoani YeLdan ayirishi mumkin. Agar Parijda mezbonlar mag‘lub bo‘lmasalar, nemislarni durang ham qoniqtiradi, aks holda esa «Leypsig» g‘alaba qozonishga majbur bo‘ladi.

V guruhi

Qur’adan so‘ng o‘lim guruhi deb atalgan «V» guruhida «Liverpul» osongina chiqdi. Guruhda ikkinchi o‘rinni olish juda murakkab vaziyatga kelib qoldi. Bugun liverpulliklar Italiyada YeChLning eng mashhur jamoalaridan biri «Milan» mehmoni bo‘ladi. «Milan» har qanday holatda ham g‘alaba qozonishlari kerak. Shundan so‘ng Portugaliyadagi bahsga e’tibor qaratishlari mumkin. Agar «Portu» «Atletiko Madrid»ni mag‘lub etsa, Yevropa ligasi pley-offida o‘ynashadi. Aksi bo‘lsa, «yashil qit’a»dagi o‘yinlar Milan jamoasi uchun tugaydi. «Atletiko» nafaqat o‘zi g‘alaba qozonishi, Klopp shogirdlarining ham ochko yo‘qotmasliklarini umid qilishlari kerak. «Portu» joriy mavsumda barcha turnirlarda o‘z maydonida o‘tkazilgan 9 ta o‘yindan sakkiztasida g‘alaba qozondi. Argentinalik murabbiy shogirdlari YeChLning pley-offida o‘ynashlari tobora murakkablashib bormoqda. LaLiganing o‘tgan mavsum chempionlari shunday qiyin vaziyatga tushib qolishdi.

C guruhi

Bugungi o‘yin norvegiyalik iste’dod uchun mavsumdagi so‘nggi YeChL o‘yini bo‘lishi mumkin. Holand jamoasi Yevropa Ligasiga yo‘llanma beruvchi o‘rindan tushib ketmasalar-da, ikkinchi o‘rinni olishlari nihoyatda murakkab bo‘lib qoldi. «Borussiya Dortmund» turk jamoasiga javobsiz 5 ta to‘p kiritishi, «Sporting» esa Niderlandiyada kamida javobsiz 5 ta to‘p o‘tkazishlari kerak bo‘ladi. Bu esa amalga oshishi fantastik holatga o‘xshab ko‘rinmoqda.

D guruhi

«Real» uchun durang natija yetarli. Madridda kechadigan o‘yin guruhda birinchi va ikkinchi o‘rinni aniqlab beradi. Karlo Anchelotti guruhda ikkinchi bo‘lish «Manchester Siti» yoki «Bavariya» kabi kuchli klublar bilan pley-offdayoq uchrashishni istamasligi tayin. Italiyalik tavakkal qilmaydi, «Real»ga kamida durang kerak. «Inter»da ham «qaymoqranglilar»da bo‘lgani kabi motivatsiya bor. Bugungi bahsda madridliklarning yetakchi o‘yinchisi Karim Benzima maydonga tushmaydi. Sentyabr oyida «San-Siro»da «Real» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. Umuman olganda, so‘nggi yillarda milanliklar Madridda g‘alaba qozona olmayaptilar.

Hamyurtimiz to‘p surayotgan «Sherif» «Shaxtyor Donetsk» mehmoni bo‘ladi. Ukrainaliklar bugun muxlislar uchungina maydonga tushishadi. «Shaxtyor Donetsk» har qanday holatda ham o‘z yurishini to‘xtatdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring