Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi telegram-kanali

Bugun xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar Abdinabi G‘iyosovni Yakkabog‘ tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

Abdinabi Kamolovich G‘iyosov 1963-yil Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini tamomlagan. «Shuhrat» medali sohibi.

Tayinlovga qadar «Kumush kuz fayzi» MChJ agrofirma ta’sischisi lavozimida ishlab kelgan.

Nomzod xalq deputatlari tuman kengashi oldida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini taqdimot qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring