Yana 29 kishida koronavirus aniqlandi

2020 yil 7 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4331 (+29) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahri hamda 8 nafari Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yana 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina havdovchilarida aniqlandi.
Ayni paytda yurtimizda 3354 (+86) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 960 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter