Yana bir «Orlando» avtomobilining sohibi aniqlandi

Xalq bankidan ajoyib yangilik! Bank tomonidan chiqarilgan «Besh karra besh» lahzali, pul-buyum yutuqli lotereyasining yana bir «Orlando» avtomobili yutuq egasiga topshirildi.
G‘olib Toshkent shahri, Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi hamyurtimiz Rustam Ustaboboyev bo‘ldi.
— Ko‘p yillardan beri lotereya o‘ynayman, bir necha bor yutuqlarni ham qo‘lga kiritganman, lekin bugungisi ularning orasida eng kattasi bo‘ldi, - deydi R.Ustaboboyev. — Yaxshi niyat bilan harakat qilaverish kerak ekan. Mana, yaqinda «Besh karra besh» lahzali lotereyasidan 24 ming so‘mga sakkiz dona olgan edim. Ularning biridan «Orlando» avtomobili chiqdi. Ushbu yutuq muborak Ramazon oyida menga nasib qilganidan yanada xursand bo‘ldim.
Yurtdoshlarimizga, qolaversa, men kabi lotereya ishqibozlariga omad tilab qolaman.
Eslatib o‘tamiz, «Besh karra besh» lahzali, pul-buyum yutuqli lotereyasida 3 025 190 ta turli pul va buyum yutuqlari qo‘yilgan bo‘lib, turli pul yutuqlari o‘z egalarini kutmoqda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul-buyum lotereyalari o‘tkazishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2002-yil 15-noyabrdagi 396-qaroriga binoan aksiyadorlik tijorat Xalq bankiga pul-buyum loteriyalarini tashkil etish va o‘tkazish huquqi berilgan. Bank Moliya vazirligi tomonidan berilgan litsenziyaga asosan bir necha turdagi lotereya o‘yinlarini o‘tkazib kelmoqda.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter