Yaponiya bosh vaziri Xitoyga jiddiy ayblov qo‘ydi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash tarafdori ekanini ma’lum qildi.
Sharqiy Osiyo sammiti doirasida bosh vazir, shuningdek, Pekin go‘yoki Yaponiya suverenitetini buzuvchi qadamlar qo‘yayotganini ta’kidlagan.
«Xitoy Sharqiy Xitoy dengizida Yaponiyaning suverenitetini buzadigan harakatlarini davom ettirmoqda va kuchaytirmoqda. Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlik mintaqaviy xavfsizlik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan masala», — dedi Kisida.
Qayd etilganidek, Yaponiya bosh vazirining Xitoyni tanqid qilishi Xitoyning Tayvan bo‘g‘ozidagi manevrlari bilan bog‘liq bo‘lib, buning natijasida Yaponiya iqtisodiy zonasiga bir qator snaryadlar uchib kirgan.
Bundan tashqari, rasmiy Tokio Xitoy kemalarining Senkaku orollari yaqinidan o‘tib ketishidan ham xavotirda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter