Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan buyon aholining umumiy daromadlari qariyb 516 trln so‘mga yetgan

Yil boshidan buyon aholining umumiy daromadlari qariyb 516 trln so‘mga yetgan

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha 2025-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholining umumiy daromadlari 515,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumolariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyun holatiga ko‘ra, aholi jon boshiga umumiy daromadlar 13,7 mln so‘mni, aholi jon boshiga umumiy daromadlarning nominal o‘sish sur’ati 117,7 foizni va real o‘sish sur’ati 107,4 foizni tashkil etdi.

2025-yilning yanvar-iyun oylarida, aholi jon boshiga o‘rtacha umumiy daromadlar bo‘yicha Toshkent shahri (35 mln 79,6 ming so‘m), Navoiy (20 mln 48,7 ming so‘m), Buxoro (15 mln 883,9 ming so‘m) va Toshkent (13 mln 740,5 ming so‘m) viloyatlarida o‘rtacha respublika darajasidan yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Aksincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9 mln 198,0 ming so‘m) hamda Namangan (9 mln 457 ming so‘m), Jizzax (10 mln 220,2 ming so‘m), Surxondaryo (10 mln 396,4 ming so‘m), Sirdaryo (10 mln 451,8 ming so‘m), Qashqadaryo (10 mln 563,3 ming so‘m), Samarqand (11 mln 131,3 ming so‘m), Farg‘ona (11 mln 427,2 ming so‘m), Andijon (11 mln 983,1 ming so‘m) va Xorazm (13 mln 454,6 ming so‘m) viloyatlarida aholi jon boshiga umumiy daromadlar o‘rtacha respublika darajasidan quyi ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Aholi jon boshiga umumiy daromadlarning eng yuqori real o‘sishi Farg‘ona viloyati (15,5 foiz), Toshkent shahrida (12,8 foiz) kuzatildi. Shu bilan birga Xorazm (7,3 foiz), Buxoro (6,1 foiz), Jizzax (5,9 foiz), Navoiy (5,9 foiz), Qashqadaryo (5,5 foiz), Samarqand (4,9 foiz), Surxondaryo (4,5 foiz), Sirdaryo (4,5 foiz), Toshkent (3,9 foiz), Namangan (3,8 foiz), Andijon (2,5 foiz) viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (2 foiz) aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sish sur’atlari o‘rtacha respublika darajasidan past ko‘rsatkichni tashkil etdi.

Manba: stat.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring