Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yo‘qotish... hadya qilmoq degani

Yo‘qotish... hadya qilmoq degani

Uy ta’miridan so‘ng chiqindiga qo‘shib yangi qandil solingan qutini ham tashlab yuboribman. Uyga kelgach, xatoimni tushundim va darhol orqaga qaytdim. Axlatxonada bir kampir qutini topib olgandi, uning ichidagi ajoyib qandilni ko‘rib qo‘llarini ko‘ksida birlashtirdi va yuzida shodlik aks etdi. U topilmasidan mamnun edi. Men ortga qaytdim. «Bu meniki, bering!» degani uyaldim..

Qandil qimmatbaho emasdi. Ammo g‘aroyib edi. So‘ngra men boshqasini sotib oldim...

Yana boshqa kuni – qishloqqa borganimda – do‘konga kirishda ellik ming so‘mlik pulni tushirib qo‘ydim. Shu zahoti ortga qaytdim. Do‘kon oldida bir keksa kishi qo‘lida ellik ming so‘mlik qog‘oz pulni ushlagancha, osmonga boqib bir nimalarni pichirlab turardi. Shukur aytmoqda edi.

Va men sekin o‘z yo‘limda davom etdim.

U pul menga kerak edi...  Ammo u endi meniki emas edi...

Men, menga yuborilgan bashoratni tushundim. Agar biror narsangizni yo‘qotib qo‘ygan bo‘lsangiz va topolmasangiz, balki bu kimnidir qutqargandir. Umidlanishiga najot bergandir. Yoki bizdan ko‘ra topib olganni  xursand qilgandir.

Ehtiyojmand odamlarning  mushkuli osonlashsa biz keyin undan yaxshirog‘iga ega bo‘lamiz. Sotib olamiz, ishlab topamiz yoki bo‘lmasa bizga shunchaki berishadi.

Yo‘qotish bu – berish ham demak. Qurbon etish!

Albatta, tashvishga ham tushasiz. Bu rost.

Balki hayotimizda yo‘qotgan insonlarimiz ham bizdan so‘ng baxtli bo‘lgandir? Hozir? Xudo yorlaqagandir yoki sevganlari davrasidadir, ehtimol?..

Ungacha esa, bizga oid bo‘lganlarning qadriga yetmoq – muhimlarning muhimi shu!

Sabohat Rahmonning facebook sahifasidan olindi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring