Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqish mumkin

Yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqish mumkin

Foto: «Azvision.az»

«Xo‘jalik hisobidagi korxonada uzoq yillardan buyon ishlayman. Yoshim 58 da. Ammo korxonamiz tugatiladigan bo‘ldi. Pensiyaga chiqishimga esa ikki yil bor. Yoshga doir pensiyaga muddatidan oldin chiqishim mumkinmi?»

«Davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunga asosan quyidagi holatda muddatidan oldin pensiya tayinlanishi mumkin:

— texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqargani yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar:

— erkaklar — 58 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda;

— ayollar — 53 yoshga to‘lganda va ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Demak, korxonangizning tugatilayotgani sababli, biroq 25 yillik ish stajingiz bo‘lgan (ayollar 20 yillik ish staji) taqdirdagina pensiya olish huquqiga ega bo‘lasiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring