YPX xodimini «kapot» ustida «sudragan» haydovchi ushlandi
Andijonda «Spark haydovchisi YPX xodimini sayr qildirdi» sarlavhasi ostida video tarqalgandi.
Qayd etilishicha, «Spark» rusumli avtomobilni YPX xodimining ustiga boshqarib, xodim «kapot» ustida osilib qolganligiga qaramasdan harakatda davom etgan haydovchiga nisbatan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, haydovchi Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Aniqlanishicha, haydovchi hodisadan keyin davlat raqami yechib olingan avtomobilini do‘stining uyiga yashirib qo‘ygan.
«Baribir bu narsalar topiladi ekan. Qolganlarga bunaqa ish qilmaslikni tavsiya qilaman. Qilgan ishimdan afsusdaman», — deydi qoidabuzar haydovchi.
«Spark» vaqtinchalik jarima maydonchasiga qo‘yilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter