Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kurslari tashkil etildi

Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish kurslari tashkil etildi

Foto: «postupi.online»

Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida ilk marotaba yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha uch xaftalik professional o‘qitish kurslari tashkil etildi. Kurs dasturi hamkor xorijiy yuridik kompaniyalar bilan birgalikda ishlab chiqildi va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlandi.

Dasturga nizolarni hal etish, muzokara, mediatsiya, arbitraj muhokamasida isbotlar, arbitraj kelishuvlarini tuzish va qo‘llash, arbitraj tartib-taomillari, xalqaro tergov qilish, korrupsiyaga qarshi choralar kabi va boshqa dolzarb mavzular kiritilgan.

Professional o‘qitish kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib borish uchun “White and Case” (AQSh), “Foley Hoag” (AQSh), “Dentons” (AQSh) va “Merritz” (Buyuk Britaniya) kabi dunyoga taniqli yuridik kompaniyalarning yuqori malakali advokatlari va amaliyotchi-mutaxassislari jalb etilmoqda.

Amaliy kurslar davomida nazariy mashg‘ulotlar bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi nazarda tutilgan. Shu maqsadda sud majlisi va arbitraj muhokamasini o‘tkazish va tijorat nizosini hal etish yuzasidan muzokaralar o‘tkazish xonasi sifatida jihozlangan maxsus auditoriyalar ajratilgan. Bu amaliy mashg‘ulotlarni samarali tarzda o‘tkazishga imkon beradi, chunki sud majlisini inssenirovkasi real majlisga yaqin sharoitda bo‘lajak mutaxassislarni tayyorlashni ta’minlashga xizmat qiladi. Muzokaralar o‘tkazish ko‘nikmalari yuristning arbitraj muhokamasini samarali yuridik ta’minlash va mediatsiya jarayonini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan sifati hisoblanadi.

Mazkur uslubning afzalligi protsessual hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari, shuningdek sudda ish yuritish alohida bosqichlarini o‘rganish va sud ritorikasi ko‘nikmalarini rivojlantirish istiqbollari bilan bog‘liq.

Kurs dasturi bilan qator arbitraj institutlari, xususan, Vashingtonda joylashgan Investitsiyaviy nizolarni hal etish xalqaro markazi bilan video-konferens aloqasini qo‘llagan holda alohida mashg‘ulotlarni o‘tkazish nazarda tutilgan.

Kurslarda tinglovchi sifatida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tegishli sohada faoliyat yurituvchi xodimlari, advokatlar va kurslarda ta’lim olishni istovchi boshqa shaxslar qabul qilingan. Professional o‘qitish kurslarida nafaqat yuridik kadrlar bilan bir qatorda, faoliyati xalqaro investitsiyaviy va tijorat faoliyat bilan bog‘liq organ va tashkilotlarning ayrim mutaxassislari ishtirok etadi.

Kurs yakunida muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilar Adliya vazirligi tavsiyasiga binoan xorijiy yuridik kompaniyalar, xalqaro arbitraj institutlari va boshqa tegishli tashkilotlarda 2-3 oylik muddatda stajirovkaga yuboriladi. Bu esa ularning xalqaro huquq normalarini yuqori darajada o‘zlashtirishlariga, shuningdek xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganishlariga imkon beradi.

Boshlangan professional kursda o‘kitish joriy yilning 24 noyabr kuniga qadar davom etadi. Kurslar tamomlangandan keyin tinglovchilarga tasdiqlanadigan namunadagi sertifikat beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring