«Zamin» fondi raisi Ziroat Mirziyoyeva Viorel Gutsu bilan uchrashdi
![«Zamin» fondi raisi Ziroat Mirziyoyeva Viorel Gutsu bilan uchrashdi](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3933046154.jpg)
«Zamin» fondi Vasiylar kengashi raisi Ziroat Mirziyoyevaning FAO Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Viorel Gutsu bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda biologik xilma-xillikni asrash, oziq-ovqat xavfsizligi, ekologik ta’limni ilgari surish bilan bog‘liq qo‘shma loyiha va tashabbuslarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ongli iste’mol qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish zarurligi hamda barqaror ekologik mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirish muhimligini ta’kidladilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter