Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zaporoje viloyatida shifoxona o‘qqa tutildi. Endigina dunyoga kelgan go‘dak halok bo‘ldi

Zaporoje viloyatida shifoxona o‘qqa tutildi. Endigina dunyoga kelgan go‘dak halok bo‘ldi

Bugun 23-noyabr kuniga o‘tar kechasi Zaporoje viloyatining Volnyansk shahrida mahalliy shifoxonaning tug‘ruq bo‘limi Rossiya tomonidan o‘qqa tutildi. Natijada bola vafot etgan. Bu haqda Zaporoje viloyati ma’muriyati rahbari Aleksandr Starux ma’lum qildi.

«Qalbimizni qayg‘u qamrab oldi – endigina dunyoga kelgan go‘dak halok bo‘ldi», — deydi viloyat rahbari.

Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatining aniqlik kiritishicha, otishma vaqtida ayol va uning yangi tug‘ilgan bolasi, shuningdek, shifokor tug‘ruqxonada bo‘lgan. Qutqaruvchilar shifokor va ayolni vayronalar ostidan tiriklayin olib chiqishga muvaffaq bo‘lishdi.

O‘qqa tutilgan joyda ishlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring