Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zarafshonda ommaviy o‘lgan qarg‘alar laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi

Zarafshonda ommaviy o‘lgan qarg‘alar laboratoriya tekshiruvidan o‘tkazildi

Bir necha kun muqaddam «Oltin vodiy» gazetasiga tayanib Navoiy viloyatida qarg‘alar ommaviy o‘lgani xabar qilingan edi. Joriy yilning 23 dekabr kuni viloyatdagi Zarafshon shahrida ushbu hodisa ro‘y bergandi.

«Ekologuz» tomonidan ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan shahar ekologiya inspeksiyasi, obodonlashtirish hamda veterinariya bo‘limlariga so‘rov jo‘natilgan. Yaqinda tahririyatga shahar veterinariya bo‘limi tomonidan rasmiy javob keldi.

Unda qayd etilishicha, uchta qarg‘a murdasi viloyat hayvonlar kasalligi tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasiga tekshiruvga jo‘natilgan. Laboratoriya xulosalariga ko‘ra, qushlarda inson hayotiga xavf soladigan yuqumli kasalliklar aniqlanmagan. Qarg‘alar jasadlari tegishli tartibda krimatoriyada kuydirib yuborildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring