AQSh IShIDga qarshi urush tugaganiga ishonmaydi

Rossiya Suriyada «Islom davlati» terrorchi tashkiloti ustidan g‘alaba qozonilganini aytgan bo‘lsa-da, ushbu terrorchilik guruhiga qarshi kurashning tugaganiga Qo‘shma Shtatlar ishonmaydi. Bu haqda AQSh Davlat kotibining Yaqin Sharq masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Devid Satterfild tashqi ishlar bo‘yicha Senat majlisida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «TASS».
— Rossiya Suriyada IShIDga qarshi kurash tugagan deb hisoblashi mumkin, ammo AQSh va uning koalitsiyadagi hamkorlari bu harakatlar tamom bo‘lganiga ishonishmaydi, — dedi u.
2017-yil 6-dekabrda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Suriyadagi Furot daryosining ikkala qirg‘og‘ida IShID to‘liq yo‘q qilinganini e’lon qildi va 11-dekabr kuni Rossiya qo‘shinlarini Suriyadan olib chiqishni buyurdi. 22-dekabr kuni Mudofaa vaziri Sergey Shoygu prezidentga Suriyadagi rus qo‘shinlari guruhini olib chiqish to‘g‘risidagi topshiriq bajarilganini aytdi. Suriyada harbiy politsiyaning uchta bataloni, tomonlarning yarashtirish markazi va Xumaymim va Tartusdagi bazalar qoladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter