Rossiya Ukrainani bosib olishiga 89 yil ketadi — The Economist.

Rossiya hozirgi hujum sur’ati bilan butun Ukrainani bosib olishiga 89 yil ketadi, deb yozdi The Economist.

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, hozir mustamlakachilar ayrim hududlarda, xususan, Sum va Donetsk viloyatlarida kuniga taxminan 0,05 kvadrat kilometr olg‘a siljishmoqda, shuning barobarida, frontda qandaydir «strategik burilish» haqida gap-so‘z yo‘q.

Maqolada yozilishicha, bundan tezroq harakatlangan taqdirda ham, mustamlakachilar butun Ukraina hududini ishg‘ol qilishiga 89 yil kerak bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, Rossiyaning yozgi hujumlarida, Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan buyon, eng ko‘p qon to‘kilmoqda va qurbonlar soni oshmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter