Rossiya Kiyevga yirik havo hujumi uyushtirdi

10-iyulga o‘tar kechasi Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan zarbalar bergan.
«O‘tgan tunda Rossiya Ukraina tomon 18 ta raketa, jumladan ballistik raketalar va taxminan 400 ta dron uchirdi. Hujum deyarli o‘n soat davom etdi. Ruslarning asosiy nishoni poytaxt Kiyev bo‘lgan», – dedi Zelenskiy.
U, shuningdek, bugun hamkorlar bilan dronlar ishlab chiqarish va Ukraina uchun havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish uchun qo‘shimcha mablag‘lar haqida gaplashishini ma’lum qildi.
«Vazifalar mutlaqo aniq. Rossiyaning bunday zarbalariga qattiq javob berish kerak», – deb yozdi Zelenskiy.
Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenkoning xabar berishicha, Kiyevning olti tumanida hujum oqibatlari qayd etilgan.
«Turar joy binolari, avtomobillar, omborlar, ofis va noturar binolar yonmoqda. Tunggi hujumlar oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 16 kishi yaralandi», – deb yozdi Tkachenko Telegram kanalida.
Tkachenko, shuningdek, Kiyevda havo ifloslanishi kuchayganligi sababli poytaxt aholisidan uylari derazalarini ochmaslikni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter