Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert Qoraqalpog‘istonni halokatli vaziyatdan saqlab qolgan omilni aytdi

Ekspert Qoraqalpog‘istonni halokatli vaziyatdan saqlab qolgan omilni aytdi

Foto: Gazeta.uz

Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti (Vashington) direktori Svante Kornel Qoraqalpog‘istondagi vaziyatga izoh berdi.

S.Kornellni ta’kidlashicha, Qoraqalpog‘iston sovet davridagi iqtisodiy siyosat qurboni bo‘lib qolgan, bu esa ushbu yirik mintaqada sog‘liqni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy turmush sharoitiga halokatli ta’sir ko‘rsatgan.

Lekin Prezident Sh.Mirziyoyevning hokimiyat tepasiga kelishi bilan respublikada ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni yaxshilash uchun hududga muhim sarmoyalar kiritildi.

Ekspertga ko‘ra, joriy yilda chetda harakat qilayotgan tashqi kuchlar Konstitutsiyaga taklif qilinayotgan o‘zgarishlardan foydalanib, Qoraqalpog‘istonda tartibsizliklar keltirib chiqargan.

Ushbu tartibsizliklarning to‘satdan va uyushqoqlik bilan tashkil etilganligi, ular asosan Internetda faoliyat yurituvchi kichik separatistik harakatning ishi bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, tashqi kuchlar shubhasiz bunda ishtirok etgan. Lekin Nukusga kelgan Prezident Sh.Mirziyoyevning tezkor munosabati, Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibidagi maqomi haqidagi bandlarni o‘zgarishsiz qoldirishga va’da berishi ularning beqarorlashtirish bo‘yicha rejalarini barbod qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring