Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bu hammasi xalqning puli» — Shavkat Mirziyoyev

«Bu hammasi xalqning puli» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda mahalliy va xorijiy kredit pullarini qaytarish muhimligi haqida gapirib o‘tgan.

«Yig‘ilish ishtirokchilarining e’tiborini yana bir muhim masalaga qaratmoqchiman. Bugungi selektor doirasida tadbirkorlik uchun juda katta kredit mablag‘lar – qo‘shimcha 500 million dollar ajratilmoqda. Nima uchun? Chunki qanchalik qiyin bo‘lmasin, hozirgi murakkab vaziyatda xalqimiz farovonligini, davlatimizning barqaror rivojlanishini o‘ylashimiz shart. Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli», degan davlat rahbari.

Prezidentning aytishicha, mablag‘lar faqat va faqat o‘zini oqlaydigan, odamlarning daromadini oshiradigan va ish o‘rinlari yaratadigan loyihalarga yo‘naltirilishi kerak. Viloyat, tuman va shahar hokimlari, iqtisodiy va investitsiya komplekslari tarkibiga kiruvchi idoralar, ayniqsa, soliq, bank, infratuzilmaga javob beradigan idora rahbarlarini qat’iy ogohlantirilgan.

«Ushbu rahbarlar tadbirkorning har bir loyihasini amalga oshirishga shaxsan mas’ul va javobgar bo‘ladi. Byurokratiya va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlar kechirilmaydi, aybdorlar so‘zsiz javobgarlikka tortiladi», degan prezident yig‘ilish yakunida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring