Saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi

2021-yil 23-sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Prezident sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni tasdiqlandi.
Shuningdek, Prezident saylovida xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar va ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Saylov kodeksining 31-moddasiga muvofiq, Prezident sayloviga doir saylov byulletenining shakli va matni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Kodeksga ko‘ra, saylov byulletenida uni to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi tushuntirish bo‘lishi kerak.
Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi saylov byulleteniga uning tug‘ilgan yili va uni nomzod etib ko‘rsatgan siyosiy partiya ko‘rsatilgan holda alifbo tartibida kiritiladi.
Saylov byulletenlari davlat tilida nashr etiladi. Shuningdek, okrug saylov komissiyasining qaroriga binoan tegishli okrug aholisining ko‘pchiligi so‘zlashadigan tillarda ham nashr etilishi mumkin. Saylov byulletenlarini Brayl alifbosi asosida to‘ldirish uchun trafaretlar tayyorlanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter