Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

EOII shartnomasida kuzatuvchi davlatlar uchun tengsizlik alomatlari mavjud — Deputat

EOII shartnomasida kuzatuvchi davlatlar uchun tengsizlik alomatlari mavjud — Deputat

O‘zbekiston Republikasining YeOII bilan hamkorlik masalasi yuzasidan «Milliy tiklanish» DP fraksiyasi a’zosi Alisher Hamroyev fikr bildirdi.

«Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi sifatida qo‘shilish a’zo davlatlar manfaatlariga zid bo‘lgan har qanday harakatdan cheklanish majburiyatini yuklaydi.

Savol: Nega huddi shunday yoki shunga o‘xshash majburiyat ittifoqqa a’zo davlatlarga ham yuklanmagan?

Bundan ko‘rinib turibdiki, YeOII shartnomasida kuzatuvchi davlatlar uchun tengsizlik alomatlari mavjud», — deya yozadi Alisher Hamroyev.

Eslatib o‘tamiz, kecha Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston YeOIIga kuzatuvchi maqomida qo‘shilishi yuzasidan ovoz berishdi. Unga ko‘ra, qonunchilik palatasi 86 ta rozi, 32 ta qarshi va 14 ta betaraf ovoz bilan O‘zbekistonni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan kuzatuvchi sifatida hamkorlik qilishi bo‘yicha qarorni ma’qulladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring