Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YeXHT O‘zbekistonga yana kuzatuvchilar yubormoqchi

YeXHT O‘zbekistonga yana kuzatuvchilar yubormoqchi

17-sentyabrda Markaziy saylov kommisiyasi matbuot markazida ma’sullar va OAV vakillari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Majlisda nomzodlar tashviqoti masalasidan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilarni akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

MSK qaroriga muvofiq Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning 28 nafar uzoq muddatli kuzatuvchisi ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Markaziy saylov komissiyasiga kelib tushgan yana 7 ta mahalliy ommaviy axborot vositasining jami 32 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazilgan. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari jami 962 (48 nafari xorijiy) nafarni tashkil etmoqda. Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylovgacha yana 250 nafar kuzatuvchisini yuborishni rejalashtirgan, deyiladi komissiya yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, prezidentlik sayloviga OAVlarni akkreditatsiya qilish va ro‘yxatga olish 15 oktyabrgacha davom etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring