Fransiya safari tugadi. Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8-9-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Davlat rahbarlarining Yelisey saroyida o‘tgan muzokaralari har tomonlama samarali bo‘ldi. Ikki mamlakat uchun manfaatli va uzoq muddatli kelishuvlarga erishildi.
Hukumatlararo va idoralararo 10 ta hujjat imzolandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Parijdan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter