Janubiy va Shimoliy Koreya rahbarlari uchrashdi

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Shimoliy Koreya rasmiy rahbari Kim Yon Nam uchrashdilar, deya xabar bermoqda «Renxap» agentligi. Ular biri-birlariga do‘stona qo‘l uzatganlari ham e’tiborga sazovor bo‘lgan.
Uchrashuv qishki olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tayotgan shahar — Pxenchxondan sharqda joylashgan Yonpxyon shahrida bo‘li o‘tgan. Mun Chje In va Kim Yon Nam olimpiya o‘yinlari ochilishi munosabati bilan barcha ishtirokchi va boshqa davlat rahbarlari uchun uyushtirilgan qabul marosimida do‘stona ko‘rishib, suratga tushganlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter