Navbat Tojikistonga. Bosh vazir o‘rinbosari Toshkentga kelmoqda

Ertaga, 5-fevral kuni Toshkent shahriga Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Ibrohim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Mazkur tadbirlar chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda bo‘lajak O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuvlariga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy jihatlarini muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 10-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Dushanbe shahrida bo‘lib, u yerda savdo-iqtisodiy hamkorlik hamda davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyalari majlisida ishtirok etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter