O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi xalqaro bitim tasdiqlandi

Bugun, 10 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida Kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan.
Mazkur bitim 2021 yil 6 dekabrda Nur-Sulton shahrida imzolangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter