Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanishga kelishib oldilar

Foto: Gov.uz

Toshkentda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari — Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi Qamchibek Toshiyev raisligida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlar delegatsiyalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida  O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasi loyiha chizig‘ining chegaraning oxirgi tartibga solinmagan uchastkasidan o‘tishi to‘g‘risidagi Bayonnoma hamda  O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasidagi “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish to‘g‘risidagi Bitim loyihasining asosiy shartlari tasdiqlandi.

Tomonlar “Chashma” bulog‘i O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi xalqlarining umumiy boyligi ekanini alohida ta’kidladi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ushbu buloqdan erkin va to‘siqsiz foydalanishi, o‘zbek tomoni buloqning uchdan ikki qismidan foydalanishini ta’minlash hamda manbaning suv resurslari hajmi va sifatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni o‘zbek tomoni bilan muvofiqlashtirish to‘g‘risida  kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tomonlar do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik ruhida ikki mamlakat fuqarolarining “Chashma” bulog‘idan to‘laqonli foydalanishiga to‘sqinlik qiluvchi har qanday chora-tadbirlarga yo‘l qo‘ymaslikka kelishib oldi.

Tomonlar O‘zbekiston qisqa muddat ichida Respublikasi Hukumati va Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi o‘rtasida “Chashma” bulog‘idan birgalikda  foydalanish to‘g‘risida bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Davlat chegarasi uchastkasi to‘g‘risida shartnomani  muvofiqlashtirish va imzolashga kelishib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring