Prezidentning bugungi faoliyati bo‘yicha ma’lumot berildi

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishadi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, davlat rahbari onkogematologik yordam sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar, onalik va bolalik muhofazasini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
Avval prezident raisligida aholini kasb-hunarga o‘qitish va monomarkazlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter