Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

20 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XXXI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2 iyuldan joriy etilgan favqulodda holatni yumshatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» nashri xabar berdi.

Sessiyada deputatlar, mahalla faollari, tuman hokimlari so‘zga chiqib, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqealarga o‘z munosabatini bildirdi va Qoraqalpog‘iston xalqining bugungi kayfiyati xususida fikr bildirdi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayot o‘z maromida davom etmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring