Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kazbekov Jusipbek Sidikbekovich 1973-yil 15-aprel sanasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida tavallud topgan.
1995-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini hamda 2011-yilda Kolorado shtati universitetini (magistratura, AQSh) tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi muhandis-gidrotexnik, suv resurslarini boshqarish.
J.Kazbekov 2015-yildan bugungi kungucha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali suv dasturlari bo‘yicha koordinatori lavozimida faoliyat yuritib keldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur lavozim Prezidentimizning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davomidagi topshiriqlariga binoan joriy qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter