Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha AQSh Kongressiga hisobot kiritiladi

Qoraqalpog‘istondagi voqealar bo‘yicha AQSh Kongressiga hisobot kiritiladi

Kongressmen Stiv Chabotning aytishicha, AQSh O‘zbekistonning keng qamrovli, ochiq va ishonchli tergov o‘tkazish niyatini olqishlaydi.

Chabot AQSh Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha Kokus» a’zosi va Markaziy Osiyo bo‘yicha quyi qo‘mita hamraisi sifatida Qoraqalpog‘istondagi vaziyatni yaqindan kuzatayotganini va hukumatning uni normallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

Shu bilan birga, «O‘zbekiston bo‘yicha Kokus» a’zolari AQSh Kongressiga Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar bo‘yicha xolis ma’lumotni o‘z ichiga olgan rasmiy hujjat (Congressional Record) taqdim etishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Ushbu hujjat barcha senatorlar va kongressmenlar ofislariga tarqatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring