Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqandda hamma narsa insonlar uchun qulay bo‘lishi lozim» — Prezident

«Samarqandda hamma narsa insonlar uchun qulay bo‘lishi lozim» — Prezident

Foto: «President.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 18-avgust kuni Samarqandda shahar infratuzilmasini rivojlantirishga doir loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Samarqand shahri Bosh rejasini xorijlik mutaxassislar bilan birgalikda loyihalashtirish, katta mehmonxonalar bilan birga sayyohlar uchun kichik-kichik otellar ham bunyod etish zarurligini ta’kidladi.

— Samarqandning hozirgi sayyohlik salohiyati tarixiy qadamjolar hisobiga. «Samarkand city» zamonaviy turizm markazi bo‘ladi. Dunyoda nimaiki xizmat turlari bo‘lsa, bu yerda muxayyo bo‘lishi kerak. Bu yerdagi inshoot va ko‘ngilochar maskanlar muntazam ishlashi, xarajatni oqlab, daromad keltirishi zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Amir Temur ko‘chasining ikki yonida qariyb 14 gektar maydonda «Samarkand city» bunyod etish rejalashtirilgan. 2017-2020-yillarga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Samarqandning turistik salohiyatini zamon talablari darajasiga ko‘tarishga qaratilgan. Bugungi kunda xorijlik investorlar jalb etilib, bir nechta shartnoma va bitimlar imzolangan.

— Samarqandda yo‘llar, binolar, transport infratuzilmasi, o‘rindiqlargacha — hamma-hammasi chuqur o‘ylanishi, insonlar uchun qulay bo‘lishi lozim, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring