Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini yakunladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga davlat tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr - 1 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti, Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha 20 ta salmoqli hujjat imzolandi, istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Prezidentimiz tashrif avvalida ishonch bildirganidek, oliy darajadagi samarali muzokaralar O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitib, strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter