Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning uch vazirini qabul qildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston-Ozarbayjon-Turkiya» formatidagi birinchi vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun poytaxtimizda bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Turkiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda savdo vaziri Mehmet Mush hamda transport va infratuzilma vaziri Odil Qoraismoilo‘g‘lu ham ishtirok etdi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar doirasida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter