Tashqi ishlar vaziriga yordamchi tayinlandi
Abat Fayzullayev O‘zbekiston respublikasi tashqi ishlar vaziri yordamchisi, TIVning Tashkiliy nazorat boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berildi.
A.Fayzullayev bunga qadar Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi birinchi kotibi lavozimida ishlagan.
Avvalroq, O‘zbekistonning Ukraina va Moldovadagi elchisi bo‘lgan Alisher Abdualiyev tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter