Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikistonga tarixiy tashrif. Tayyorgarlik qanday? (video)

Tojikistonga tarixiy tashrif. Tayyorgarlik qanday? (video)

Kadr: «Youtube»

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 9-10-mart kunlari Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshiradi.

Ilk davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha 20 dan ortiq davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

Tashrif arafasida Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 8 yil oldin yopib qo‘yilgan «Andarxon» xalqaro maqomga ega chegara-bojxona posti ochilgan edi.

Shuningdek, 2018-yil 1-mart kuni «Jartepa» («Sarazm»), «Qushkent» («O‘ra-Tepa»), «Uchqo‘rg‘on» («Havotog‘»), «Havastobod» («Zafarobod»), «Bekabod» («Hashtyak»), «Pop» («Navbunyod»), «Ravot» («Ravot»), «Gulbahor» («Ayvaj») avtomobil o‘tkazish punktlari va «Amuzang» («Hoshadi») temir yo‘li o‘tkazish punkti o‘z faoliyatini qayta boshlashi haqida ham xabar bergan edik.

Bundan tashqari, Tojikiston poytaxti hokimi shahar xalq deputatlari majlisiga Dushanbedagi Behzod ko‘chasida joylashgan istirohat bog‘ining nomini «Nizomiddin Alisher Navoiy» deb qayta nomlash hamda mazkur bog‘da O‘zbekiston va Tojikiston xalqlari do‘stligining ramzi sifatida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari o‘rnatilishi xabar qilingandi.

Xo‘sh, hozir qo‘shni respublikada do‘stona muhit qanday? Ikki mamlakat prezidentlarining tarixiy uchrashuvi, umuman, tarixiy tashrifga tayyogarlik qay darajada ekanini quyidagi videolavhada ko‘rishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring