Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Futbolchi ayollar hakamni tutib olib kaltakladi

Futbolchi ayollar hakamni tutib olib kaltakladi

Kongo demokratik respublikasidagi ayollar futbol chempionatida kutilmagan holat yuz berdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, «Motema Pembe» ayollar klubi futbolchilari chempionatning «Mazembe»ga qarshi uchrashuvida belgilanmagan penalti sabab hakamga hujum qilishdi.

Videoda hakam uni ta’qib qilayotgan yetti nafar o‘yinchidan qochib qutulishga astoydil urinayotgani va futbolchilar unga zarba berayotganini ko‘rish mumkin.

Natijada sportchilar hakamga yetib olishgan va uni kaltaklay boshlashgan.

Stadion xodimlari aralashib, hakamni tribuna ostiga olib ketishdi. Eslatib o‘tamiz, «Motema Pembe» bu vaqtga kelib 1:5 hisobida mag‘lub bo‘layotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring