Hindistonda o‘yin vaqtida asalarilar to‘dasi hakam va muxlislarga hujum qildi

Hindiston Superkubogi chorak final bahsidan o‘rin olgan «Inter Kashi» – «Mumbay Siti» uchrashuvida asalarilar maydonga hujum qildi.
Asalarilarning dastlabki hujumi uchrashuvning 28-daqiqasida qanot hakamiga bo‘ldi va yon hakam maydon markaziga qarab qochdi. To‘rt daqiqa o‘yin to‘xtatilib turgandan so‘ng bahs davom ettirildi, biroq yana hujum davom etdi. Uchrashuv yana to‘xtatilib, yordamchi hakamlar yordamida qanot hakamining sariq futbolkasi almashtirilgandan so‘ngina asalarilar ketib o‘yin davom ettirildi. Uchrashuvda «Mumbay Siti» 1:0 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.
Shuningdek, asalarilar tribunadagi muxlislarga ham xujum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter