Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki o‘zbek futbolchisi yevrokuboklarda o‘ynaydi

Ikki o‘zbek futbolchisi yevrokuboklarda o‘ynaydi

Futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi va Konferensiyalar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumi guruh bosqichining barcha ishtirokchilari nomi ma’lum bo‘ldi.

26 avgust kuni bo‘lib o‘tgan saralash bahslarida Jasur Yaxshiboyevning «Legiya»si «Slaviya»ni yengib, Yevropa ligasi final bosqichiga chiqqan bo‘lsa, Eldor Shomurodov harakat qiladigan «Roma» esa «Trabzonspor»dan ustun keldi va Konferensiyalar Ligasida o‘ynaydi.

Musobaqalar guruh bosqichiga bugun, 27 avgust kuni qur’a tashlanadi. Quyida barcha ishtirokchilar bilan tanishing.

Yevropa Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining barcha ishtirokchilari:

1-savatcha: «Lion» (Fransiya), «Napoli» (Italiya), «Bayer» (Germaniya), «Dinamo Zagreb» (Xorvatiya), «Latsio» (Italiya), «Olimpiakos» (Gretsiya), «Monako» (Fransiya), «Braga» (Portugaliya).

2-savatcha: «Seltik» (Shotlandiya), «Ayntraxt» (Germaniya), «Srvena Zvezda» (Serbiya), «Lester» (Angliya), «Reynjers» (Shotlandiya), «Lokomotiv» (Rossiya), «Genk» (Belgiya), «PSV» (Niderlandiya).

3-savatcha: «Marsel» (Fransiya), «Ludogorets» (Bolgariya), «Vest Hem» (Angliya), «Real Sosedad (Ispaniya), «Betis» (Ispaniya), «Fenerbahche» (Turkiya), «Spartak» (Rossiya), «Sparta» (Chexiya).

4-savatcha: «Rapid» (Avstriya), «Galatasaroy» (Turkiya), «Legiya» (Polsha), «Midtyulland» (Daniya), «Ferensvarosh» (Vengriya), «Shturm» (Avstriya), «Brondbyu» (Daniya), «Antverpen» (Belgiya).

Konferensiyalar Ligasi 2021/22 yilgi mavsumining barcha ishtirokchilari:

1-savatcha: «Roma» (Italiya), «Tottenhem» (Angliya), «Bazel» (Shveysariya), «Slaviya» (Chexiya), «Kopengagen» (Daniya), «Gent» (Belgiya), «AZ» (Niderlandiya), «LASK» (Avstriya).

2-savatcha: «Feyenoord» (Niderlandiya), «Qorabog‘» (Ozarbayjon), «Makkabi Tel-Aviv» (Isroil), «PAOK» (Gretsiya), «Renn» (Fransiya), «Partizan» (Serbiya), «ChFR» (Ruminiya), «Zarya» (Ukraina).

3-savatcha: «Union» (Germaniya), «SSKA Sofiya» (Bolgariya), «Vitess» (Niderlandiya), «Slovan» (Slovakiya), «Yablonets» (Chexiya), «Alashkert» (Armaniston), «Flora» (Estoniya), «Qayrat» (Qozog‘iston).

4-savatcha: «Linkoln» (Gibraltar), «Randers» (Daniya), «Anortosis» (Kipr), «XIK» (Finlyandiya), «Makkabi Hayfa» (Isroil), «Bude-Glimt» (Norvegiya), «Mura» (Sloveniya), «Omoniya» (Kipr).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring